Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatidan 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2024 yil 31 dekabri (shu kuni ham) yetib belgilandi:
✅ to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
✅ o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiu o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.
☝️Bu 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchungina amal qiladi.