Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston ishlariga aralashmaslikka chaqirdi

Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston ishlariga aralashmaslikka chaqirdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Yevroparlament a’zolarini mamlakat ishlariga aralashmaslikka va unda sodir bo‘layotgan voqealarga xolis baho berishga chaqirdi.

“Biz mustaqil davlatmiz, shuning uchun jarayonlarimizga aralashishning hojati yo‘q”, dedi u.

Bir necha kun avval Yevroparlament Qirg‘iziston sosial-demokratik partiyasi (SDP) yetakchisi Temirlan Sultonbekovni qo‘llab-quvvatlab chiqqandi. U mahalliy saylovlar oldidan saylovchilarga pora berganlikda gumonlanib, ikki partiyadoshi bilan birga hibsga olingan edi. Shundan so‘ng Sosial-demokratik partiya saylovda ishtirok etishdan chetlatildi.

Sadir Japarovning so‘zlariga ko‘ra, SDP a’zolarining qilmishlari jinoyat bo‘lib, ularni kechirib bo‘lmaydi.

"Evropada ular ob’ektiv omillarga e’tibor bermay qaror qabul qilishadi" dedi Japarov.

Japarov, shuningdek, Qirg‘iziston Yevropa davlatlari tajribasini o‘rganishga va ular bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi. “Biz bunday hamkorlikka ochiqmiz”, dedi u.

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Qirg‘iziston hozir rivojlanishning muhim bosqichini boshdan kechirmoqda.

"Biz siz yuz yil avval boshdan kechirgan jarayonlarni boshdan kechirmoqdamiz, buni unutmang va biz sizlarga yetib olishga harakat qilmoqdamiz", dedi u Yevroparlamentga murojaat qilib.

Kiritildi: 22:10 21.12.2024. O'qildi: 1082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!