Eron o‘z pul birliklaridan to‘rtta nolni olib tashlaydi. Bu haqda Eronning Mehr davlat agentligi xabar bermoqda.
Shuningdek, mamlakat rasmiy valyutasi "Eron riali" boshqa nomga o‘zgartiriladi. Respublika prezidenti Mas’ud Pizishkiyon parlamentga moliyaviy islohot haqidagi qonun loyihasini taqdim etgan.