Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Konstitusiyaviy sud pedagoglar bilan muddatli shartnoma tuzishni Konstitusiyaga zid deb topgan

Konstitusiyaviy sud pedagoglar bilan muddatli shartnoma tuzishni Konstitusiyaga zid deb topgan

Oliy ta’lim muassasalarida pedagog xodimlar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzish masalasi yangilik emas.

1992 yil 24 avgustdagi Vazirlar Mahkamasining 394-son qaroriga ko‘ra, pedagoglar bilan 1–5 yillik kontrakt tuzish tartibi joriy qilingan. Bu asosda OTM rahbarlari pedagoglarni turli muddatlarda shartnoma tuzish va ishdan bo‘shatish bilan sarson qilgan.

Konstitusiyaviy sud keyinchalik ushbu qarorni Konstitusiyaga xilof deb topgan. Biroq amaliyot butunlay yo‘qolmagan — hozir ham pedagoglar bilan muddatli shartnoma tuzish holatlari davom etmoqda.

Yurist Saidali Muxtoraliyev fikricha, bu amaliyot qonunga zid va Konstitusiyaviy sud yana tarixiy qaror chiqarib, hukumatning pedagoglar bilan muddatli shartnoma tuzishni nazarda tutuvchi barcha qarorlarini Konstitusiyaga zid deb topishi kerak.

Kiritildi: 08:01 04.10.2025. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!