Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Konstitusiyada alohida qayd etilishi rejalashtirilayotgan “Xabeas korpus”. Bu qanday norma?

Konstitusiyada alohida qayd etilishi rejalashtirilayotgan “Xabeas korpus”. Bu qanday norma?

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlarda prezident “Xabeas korpus” institutini rivojlantirish taklifini ham bildirdi. Ko‘pchilik bu qanday institut ekanligini bilmasligi mumkin. Bugun “Xabeas korpus” instituti haqida ma’lumot beramiz.

Xabeas korpus bu — ingliz jinoyat-prosessual huquqi instituti bo‘lib, shaxs daxlsizligi tamoyili bilan chambarchas bog‘liq sanaladi, u anglo-sakson huquqiy oilasining boshqa mamlakatlari huquqiy tizimlariga ham kiritilgan. “Xabeas korpus”ni oddiy tushuntiradigan bo‘lsak, unga ko‘ra, qamoqqa olingan shaxs yoki uning nomidan boshqa bir fuqaro nima sababdan hibsga olinayotgani yoki qamoqqa olish to‘g‘risidagi hujjat bo‘yicha sudga murojaat qilishi va hibsga olish yoki ushlab turishning qonuniyligini tekshirish uchun maxsus sud qarorini talab qilishi mumkin. Ya’ni gumonlanuvchi ma’lum sabab bilan hibsga olinganidan so‘ng uni ushlab turishlari qonuniyligini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Sudning qarori bo‘lmagan taqdirda shaxsni 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin bo‘lmaydi.

Xabeas korpus nomi (xabere - "ega bo‘lmoq" va korpus - "tana" so‘zlaridan) lotincha habeas corpus ad subjiciendum iborasining bir qismi bo‘lib, "qo‘lga olingan shaxs haqida sudga taqdim etish" ma’nosini bildiradi. Fuqarolik huquqi yurisdiksiyalarining aksariyati noqonuniy hibsga olinganlar uchun shunga o‘xshash himoya vositalaridan foydalanadi, biroq ular har doim ham xabeas korpus deb atalavermaydi. Ba’zi ispan tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda nohaq qamoqqa olish uchun amparo libertad ("erkinlikni himoya qilish") muqobil normasi qo‘llaniladi.

Tarix

Angliyada Xabeas korpusi institutidan 15 asrdan beri doimiy ravishda foydalanib kelinadi. Dastlab u shaxslar, asosan feodallar va ularga bo‘ysunuvchilar tomonidan buzilgan erkinlikni tiklash vositasi sifatida ishlatilgan, ammo Genrixa VII davridan boshlab u Qirol tomonidan shaxsni kuzatib borishda qo‘llanilgan. Biroq, 1679 yilgi qonunga qadar (Xabeas korpus qonuni), xabeas korpusni berish o‘zlari mustaqil bo‘lmagan sudyalarning ixtiyoriga qo‘yilgan. Bunday farmonni chiqarish masalasi ko‘pincha kechiktirilgan. Bundan tashqari, sudyaning buyrug‘ini bajarmaslik hech qanday javobgarlikka sabab bo‘lmagan. Bu kabi huquqiy kafolatlarning yetishmasligi Tyudorlar va Styuartlarning mutlaq hukmronligi davrida ayniqsa ochiqchasiga namoyon bo‘ldi. Aynan shu tamoyilga rioya qilmaslik 1627 yilda mashhur siyosatchi J. Xempdenning hibsga olinishi va 1628 yil 29 martda Jamoat palatasi rezolyusiyasining qabul qilinishida g‘azablarga sabab bo‘lgan, unda shunday deyilgan:

Hech bir ozod odam qamoqqa olinmaydi yoki hibsda ushlab turilmaydi. Qirol yoki Maxfiylik kengashining buyrug‘i bilan hech kimning ozodligi hech qanaqasiga cheklanishi mumkin emas... hibsga olish yoki ozodlikni cheklash uchun qonuniy sabablar ko‘rsatilmasa.

- Xabeas korpus buyrug‘ini hech kim inkor eta olmaydi; u qamoqqa olinishi, hibsda ushlab turilishi kerak bo‘lgan har bir shaxsning iltimosiga binoan ... qirolning, xususiy kengashning yoki boshqa birovning buyrug‘i bilan berilishi kerak.

- Agar ozod shaxs qamoqqa olinganida yoki hibsda ushlab turilganida, qonuniy sabab ko‘rsatilmagan bo‘lsa va bu shu shaxsga berilgan xabeas korpus asosida aniqlangan bo‘lsa, u butunlay ozod qilinishi yoki garov evaziga qo‘yib yuborilishi kerak.

- Ushbu rezolyusiyalar 1628 yildagi huquq to‘g‘risidagi petisiyaga kiritilgan va keyinchalik ingliz inqilobi hujjatlarida ko‘p marta takrorlangan.

1668 yilda xabeas korpus akt loyihasi sifatida Jamoat palatasiga kiritilgan, ammo qonun sifatida tan olinmagan. 1670 va 1675 yillarda yana ikkita shunga o‘xshash qonun loyihasi Lordlar palatasi tomonidan rad etilgan. Nihoyat, 1679 yilda shaxs manfaatlarini qirollik o‘zboshimchaliklaridan himoya qiluvchi Xabeas korpus akti rasman qabul qilingan.

Britaniyalik huquqshunos Albert Vann Disi (1835-1922) 1679 yilda qabul qilingan Xabeas Korpus aktini "hech qanday prinsiplarni anglatmaydi va huquqlarni belgilamaydi, ammo amaliy nuqtai nazardan ular shaxsning huquq erkinligini kafolatlaydigan yuzlab konstitusiyaviy moddalarning o‘rnini bosa oladi", deb yozgan edi.

1679 yilgi qonun kuchga kirganida uni mustamlaka mamlakatlarga taalluqli emas deb hisoblashgan, shuning uchun 1700 yilgacha Britaniya hukumati mustamlaka bo‘lgan, jumladan AQShning ham aktni kuchga kiritishga bo‘lgan bir necha urinishlarini rad etdi. 1710 yildan keyin esa siyosat o‘zgargan va Virjiniya (Aleksandr Spotsvud), Shimoliy Karolina va Janubiy Karolina gubernatorlari ushbu huquqni mustamlakalarga tarqatish to‘g‘risida bayonotlar chiqarishgan. Biroq, AQSh Mustaqillik Deklarasiyasi qabul qilingan davrda bu huquq faqat Janubiy Karolinada amal qilgan. Negadir koloniyalar bu huquqqa unchalik ahamiyat bermagan. U faqat 1809 yilda Merilendda, 1815 yilda Nyu-Hempshirda, 1822 yilda Rod-Aylendda, 1821 yilda Konnektikutda, 1836 yilda Shimoliy Karolinada rasmiy kuchga kirgan.

AQShda xabeas korpus Konstitusiyaga kiritilgan; unga ko‘ra, bu huquqning to‘xtatilishi bosqin yoki isyon (favqulodda holat) sodir bo‘lgan taqdirdagina mumkin.

Kiritildi: 21:24 23.06.2022. O'qildi: 4229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!