Bu yil 8 dekabr — O‘zbekiston Konstitusiyasi qabul qilingan kun haftaning yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi.
Mehnat kodeksiga asosan, bayram kunlari yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dushanba kuni dam olish kuniga qo‘shib beriladi.
Shunga ko‘ra, bayram arafasida dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:
7 dekabr, shanba – haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;
8 dekabr, yakshanba – bayram kuni, barchaga dam olish kuni;
9 dekabr, dushanba – barchaga qo‘shimcha dam olish kuni;
10 dekabr, seshanba – barchaga ish kuni.