Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni yana sud bilan bog‘liq mojarolar girdobida qoladigan ko‘rinadi.
Irlandiyalik 37 yoshli aralash yakkakurash ustasi Sky News telekanalini tuhmatda ayblab, sudga murojaat qildi. Bu haqda Middle Easy portali xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Makgregorning vakillari 2024 yil noyabr oyida Konor unga qarshi jinsiy zo‘ravonlik ishi ko‘rib chiqilayotgan sud zalidan chiqib ketayotganida, Sky News muxbiri unga "siz zo‘ravonsiz" iborasini ishlatganini ta’kidlamoqda. Makgregor tomonining fikricha, bu ibora uning obro‘siga putur yetkazgan, ya’ni jumla savol emas, balki tasdiq ma’nosida aytilgan.
Sud jarayoni Irlandiyada bo‘lib o‘tadi. Makgregorning o‘zi hozircha bu ish bo‘yicha hech qanday izoh bermadi.