Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Kongoda kema halokatga uchradi. 51 kishi o‘ldi

A A A
Kongoda kema halokatga uchradi. 51 kishi o‘ldi

Qo‘lda qurilgan kema Kongo daryosida halokatga uchradi. Natijada 51 kishi halok bo‘ldi, yana 69 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda France 24 telekanali ma’lum qildi.

Kongo Demokratik Respublikasi Mongala provinsiyasi gubernatori matbuot kotibi Nestor Magbadoning so‘zlariga ko‘ra, yo‘qolganlar soni qayiqning sig‘imiga qarab baholanadi. Kema bir-biriga bog‘lab qo‘yilgan pirog deb nomlanuvchi to‘qqizta an’anaviy yog‘och kanolardan iborat edi.

Magbadoning aytishicha, 39 kishi tirik qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda, lekin tirik qolganlarni topish mumkin degan umidlar so‘nib bormoqda.

Voqea sababi tundagi "yomon ob-havo" deb taxmin qilinmoqda. Viloyat hokimiyati dushanba kuni uch kunlik motam e’lon qildi.

Kiritildi: 13:57 10.10.2021. O'qildi: 2494 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!