Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Kongoda jangarilar qishloqning 270 nafar tinch aholisini o‘ldirgan

Kongoda jangarilar qishloqning 270 nafar tinch aholisini o‘ldirgan

“23 mart harakati” (M23) isyonchi guruhi jangarilari Kongo Demokratik Respublikasining sharqidagi Kishishe qishlog‘ida jami 272 kishini o‘ldirgan. Mamlakat hukumati bergan ma’lumotga tayanib, Reuters agentligi ushbu xabarni tarqatdi.

1 dekabrda Kongoleziya armiyasining rasmiy vakili general Silven Ekenge M23 jangarilari 29 noyabrda Kishishe qishlog‘ida 50 kishini o‘ldirganini ma’lum qilgandi. Oradan bir kun o‘tib, qurbonlar soni 100 kishidan oshdi. Jangarilar hujum qilgan paytda hukumat bilan isyonchilar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish tartibi amal qilayotgan bo‘lgan. M23 rahbarlari qishloqdagi xunrezlikka aloqasi yo‘qligini aytishmoqda.

Kongo Demokratik Respublikasi Prezidenti Feliks Chisekedi farmoni bilan mamlakatda uch kunlik umummilliy motam e’lon qilindi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 15:06 06.12.2022. O'qildi: 1382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!