Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kongoda etnik guruhlar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi, o‘lim holatlari kuzatildi

A A A
Kongoda etnik guruhlar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi, o‘lim holatlari kuzatildi

Kongo Demokratik Respublikasining g‘arbiy qismida, poytaxt Kinshasadan 190 km uzoqlikda, jamoalararo to‘qnashuvda kamida 19 kishi, jumladan bir askar halok bo‘ldi.

Bu haqda mamlakat aloqa va ommaviy axborot vositalari vaziri, hukumat matbuot kotibi Patrik Muyaya Katembve Vazirlar kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuvlarda teke va yaka millatiga mansub jamoalar ishtirok etgan. Qayd etilishicha, “Yaka” jangarilari Markaziy Kongo provinsiyasining Kinshasa provinsiyasi bilan chegaradosh hududlarida o‘z faoliyatini kengaytirmoqda.

Kiritildi: 09:15 18.09.2023. O'qildi: 1254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!