Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Kongo terma jamoasi Ebola virusi tufayli AQShga kirishda muammoga duch keldi

Kongo terma jamoasi Ebola virusi tufayli AQShga kirishda muammoga duch keldi

O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi raqibi Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi Ebola virusi tufayli AQShga kirishda muammoga duch keldi

Qo‘shma Shtatlarning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) Ebola virusi avj olgani sababli Kongo Demokratik Respublikasi (KDR), Uganda va Janubiy Sudanda oxirgi 21 kun ichida bo‘lgan AQSh fuqarosi hisoblanmagan shaxslarning mamlakatga kirishini taqiqladi.

Futbol bo‘yicha jahon chempionatida K guruhidagi raqiblarimizdan biri hisoblanuvchi terma jamoaning Kongoning o‘zida bo‘lib turgan shtab a’zolari va xodimlari AQShga hech qanday cheklovlarsiz kira olishlari uchun payshanba kuniga qadar mamlakatni tark etishlari talab etildi (ya’ni Qo‘shma Shtatlarga uchguncha 21 kunlik karantin muddatini boshqa xavfsiz davlatda o‘tashlari kerak).

Jamoa Qo‘shma Shtatlarga 10-11 iyun kunlari yetib borishni rejalashtirgan. Hozirda Kongo terma jamoasi a’zolari Belgiya davlatida ekan.

Vaziyat FIFA va chempionat tashkilotchilar tomonidan nazoratga olingan. Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi o‘yinchilarining aksariyati Yevropa klublarida to‘p surishi ularning turnirda qatnashish imkoniyatini saqlab qolishi mumkin, biroq mahalliy shtab va tayyorgarlik rejalari jiddiy o‘zgardi.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!