Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kongo DRda Ebola bezgagidan vafot etganlar soni qariyb 150 kishiga yetdi

Kongo DRda Ebola bezgagidan vafot etganlar soni qariyb 150 kishiga yetdi

Kongo Demokratik Respublikasida (DRK) Ebola bezgagi oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 149 nafarga yetdi.

Bu haqda DRK Aloqa va ommaviy axborot vositalari ishlari vazirligi ma’lum qildi.

«Kasallik yuqtirilgani rasman tasdiqlangan holatlar soni 710 tani tashkil etmoqda. Ayni paytda shifoxonalar va izolyatorlarda Ebola virusini yuqtirgan 324 nafar bemor qolmoqda. O‘lim ko‘rsatkichi — 21 foiz. Kasallanganlar bilan aloqada bo‘lganlarni kuzatuvga olish darajasi 60,5 foizni tashkil etmoqda», — deya qayd etdi idora.

Bundan oldin vazirlik 139 ta o‘lim holati va 689 nafar kasallanganlar haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: Bugun 17:17. O'qildi: 150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!