Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Kompyuter texnikalarini xarid qilishda aniqlangan qonunbuzilishlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kompyuter texnikalarini xarid qilishda aniqlangan qonunbuzilishlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan kompyuter texnikalarini xarid qilishda qonunchilik talablariga rioya etilishi holatini o‘rgandi.

Aniqlanishicha, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunda tovarlarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan yuqori miqdorni tashkil etganda tender o‘tkazilishi belgilangan. Shunday bo‘lsada, qo‘mita mansabdor shaxslari tender savdolarini o‘tkazmaslik maqsadida qonun talablariga zid ravishda xaridlar hajmini qismlarga bo‘lish orqali auksion savdolarini o‘tkazgan.

Shuningdek, g‘olib deb topilgan korxonalardan hujjatlarda ko‘rsatilgan parametrlarga nisbatan quyi darajadagi noutbuklar 158 million so‘mga, boshqa kompyuter jihozlari 243 million so‘mga qimmat narxlarda xarid qilingan.

O‘rganish davomida to‘plangan hujjatlar asosida Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:52 11.07.2024. O'qildi: 735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!