Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Kommunal xizmatlar to‘lovini qaytarib olsam bo‘ladimi?

A A A
Kommunal xizmatlar to‘lovini qaytarib olsam bo‘ladimi?


— Kommunal xizmatlar uchun yil oxirigacha to‘lov qilganman. Yaqinda uyimni sotmoqchiman, xaridor ham aniq. Kommunal xizmatlar uchun to‘lagan pullarimni qaytarib olsam bo‘ladimi yoki yangi uy egasining nomiga o‘tkazib, undan undirishim mumkinmi?
Ismi sir tutildi

Guli Shukurlayeva, fuqarolik ishlari bo‘yicha M. Ulug‘bek tumanlararo sudi rais o‘rinbosari:
— Uy-joy kodeksining 133-moddasiga asosan kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar sovuq va issiq suv ta’minoti, suvni chiqarib yuborish (kanalizasiya), elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, isitish (issiqlik ta’minoti), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to‘lanadigan to‘lovlardan iboratdir.
Mazkur kodeksning 134-moddasida ko‘p kvartirali uydagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini va kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlari belgilangan. Unda ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlarini o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay to‘lanishi va o‘z vaqtida to‘lanmagan holatlarda penya undirish tartibi va miqdori belgilangan.
Siz kommunal xizmatlari uchun to‘lovlarni oldindan amalga oshirgan bo‘lsangiz, uni qaytarish imkoni mavjud emas. Tegishli idoralar oldindan to‘langan pul mablag‘larini keyingi davr uchun hisobga oladi.
Amalda taraflar o‘rtasida tuziladigan oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining kommunal xizmatlari bo‘yicha qarzdorligi yo‘qligi tekshiriladi va keyinchalik sotib oluvchi qarzi borligini bila turib sotib olishga rozilik berib, oldi-sotdi shartnomasini imzolab, tegishli ruyxatdan mulk huquqini o‘tkazib olsa, barcha majburiyatlar unga o‘tishi nazarda tutilgan.
Ortiqcha amalga oshirilgan to‘lovlar yoki mulk bilan bog‘liq boshqa xarajatlar oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishdan avval taraflar o‘rtasida o‘zaro kelishgan holda hal qilinishi mumkin.
Agar siz va xaridor o‘rtasida tuzilgan shartnomada ortiqcha to‘langan to‘lov sotib oluvchi tomonidan sotuvchiga qaytarilishi nazarda tutilsa, siz ushbu pul mablag‘larini ihtiyoriy ravishda qaytarilmagan holatda sud orqali undirish huquqiga ega bo‘lasiz.

Kiritildi: 22:54 18.05.2023. O'qildi: 3323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!