Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Kolumbiyadagi suv toshqinlaridan 2 mingdan ortiq kishi jabrlandi

Kolumbiyadagi suv toshqinlaridan 2 mingdan ortiq kishi jabrlandi

Kolumbiya shimolidagi Santa-Marta shahrida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida suv toshqinlari yuzaga keldi, bunda esa 2 mingdan ortiq odam jabr ko‘rdi. Bu haqda mahalliy hokimiyat ma’lum qildi, deya xabar beradi Anadolu agentligi.

Santa-Marta shahrining xavf-xatarlarni boshqarish va iqlim o‘zgarishiga moslashish boshqarmasi boshlig‘i Aleks Velaskes matbuotga bergan bayonotida suv toshqinlari sababli shaharda favqulodda holat e’lon qilinganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, o‘nlab tumanlar suv ostida qolgan, qurbonlar soni haqida aniq ma’luot hali mavjud emas.

Santa-Marta meri Karlos Pinedo shaharda to‘rt soat ichida har kvadrat metrga 155 millimetr yomg‘ir tushganini aytdi. U bu miqdorni "juda yuqori" deb ta’rifladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda katta vayronagarchiliklar haqida xabarlar kelib tushgan, ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha favqulodda xizmatlar safarbar qilingan.

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro X platformada e’lon qilingan bayonotda Santa-Martadagi tabiiy ofat iqlim inqirozining oqibati ekanligini aytdi.

Davlat rahbari viloyatga barcha zarur yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Kiritildi: 22:56 05.08.2025. O'qildi: 488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!