Kolumbiyada o‘tkazilgan Monster Truck 2026 shousida avtomobilning olomon ustiga haydab borishi natijasida kamida ikki kishi halok bo‘ldi va 37 kishi jarohatlandi.
Bu haqda Blu Radio xabar bermoqda.
«Ishtirokchi avtomobillardan biri boshqaruvni yo‘qotib, tomoshabinlar guruhiga borib urilgan», — deyiladi xabarda.
Kauka shtati gubernatori Oktavio Gusman halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqidagi ma’lumotni tasdiqladi hamda ta’ziya bildirdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, sog‘liqni saqlash xizmatlari jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun barcha resurslarni ishga solgan.