10 avgust kuni sodir bo‘lgan vayronkor yer silkinishidan keyin mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan. Zilzila markazi San-Xose-del-Palmar shahrida joylashgan. Dastlabki yer silkinishidan keyin mamlakat bo‘ylab 100 dan ortiq aftershoklar (takroriy silkinishlar) qayd etilgan, ularning eng oxirgisi 3,8 magnitudani tashkil etgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat tufayli jami 5 000 ga yaqin uy zarar ko‘rgan, o‘nlab binolar butunlay qulagan va yuzlab turar joylar vayron bo‘lgan. O‘nlab avtomobil yo‘llari yaroqsiz holga kelgan. Hozirda qutqaruvchilar yirik vayronalarni tozalash va odamlarni qutqarish uchun kran hamda ekskavatorlardan foydalanmoqda