Kolumbiya shimolidagi harbiy bazaga uchuvchisiz uchish apparati orqali hujum uyushtirilishi oqibatida 3 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, kamida 8 nafari jarohatlandi.
Associated Press agentligining Kolumbiya armiyasi bayonotiga tayanib xabar berishicha, hodisa Santa-Rosa-del-Sur shahrida sodir bo‘lgan. Hujum ortida kim turgani hozircha noma’lum.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda harbiy baza hududida uchta portlash yuz bergani va osmonga quyuq tutun ko‘tarilganini ko‘rish mumkin.
Hujum vaqtida harbiy xizmatchilar qum to‘ldirilgan qoplardan qurilgan himoya to‘siqlari ortiga yashiringan.