Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Kolumbiya prezidenti: Dunyo nasizm davriga qaytish xavfi ostida

Kolumbiya prezidenti: Dunyo nasizm davriga qaytish xavfi ostida

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida so‘zga chiqib, zamonaviy dunyo nasizm va fashizm davriga qaytish xavfiga duch kelayotganini bildirdi.

Uning fikricha, Yaqin Sharqdagi mojarolar neft va boshqa resurslar uchun kurash bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayonlar global iqlim inqirozini ham chuqurlashtirmoqda. Petro G‘azodagi voqealarni ham resurslar uchun raqobat bilan bog‘lab, tinch aholi o‘limi ko‘lamini yashirib bo‘lmasligini ta’kidladi.

Kolumbiya yetakchisi hozirgi mojarolarning ildizida irqchilik va fashizmga o‘xshash g‘oyalar yotganini aytdi. Shuningdek, u sun’iy intellekt ayrim nufuzli doiralar tomonidan dezinformasiya tarqatish uchun qo‘llanilayotganini ham qayd etdi.

Petro Isroil va mustaqil Falastindan iborat ikki davlatli yechimni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

Kiritildi: 23:15 11.06.2026. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!