Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro mamlakat harbiy-dengiz kuchlariga, ko‘mir eksporti rasman taqiqlanganiga qaramay, Isroilga ko‘mir tashiyotgan kemalarni to‘xtatish haqida ko‘rsatma berdi.
Vesti.az’ning xorijiy ommaviy axborot vositalariga asoslanib xabar berishicha, u bu bayonotni transmilliy kompaniyalar tomonidan davom etayotgan yetkazib berishlar fonida bildirgan.
Davlat rahbarining aytishicha, hukumat kiritgan taqiqqa qaramasdan, toshko‘mir yuklari Isroilga jo‘natilishda davom etmoqda. Asosiy eksportchilar sifatida "Glencore" va "Drummond" korporasiyalari ko‘rsatilgan bo‘lib, Petroning ta’kidlashicha, ular Isroil ko‘mir importining 60 foizigacha ta’minlaydi.
Shuningdek, u ko‘mir kasaba uyushmalari bilan favqulodda yig‘ilish chaqirdi.
Kolumbiya va Isroil o‘rtasidagi mojaro 2025 yil may oyida Bogota Isroil rasmiylarini G‘azodagi harbiy jinoyatlarda ayblab, Tel-Aviv bilan diplomatik munosabatlarni uzganidan keyin keskinlashdi. Shu fonda prezident Isroilga ko‘mir eksportini taqiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, biroq bir qator kompaniyalar amaldagi xalqaro shartnomalarga tayanib, yetkazib berishni davom ettirdi.
Endi Kolumbiya hukumati yanada qat’iy choralarga o‘tishga tayyor - hatto dengiz blokadasigacha.