Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Bavariya" "Flamengo"ni mag‘lub etdi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Bavariya" "Flamengo"ni mag‘lub etdi

Braziliyaning «Flamengo» va Germaniyaning «Bavariya» jamoalari o‘rtasidagi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 final bosqichi bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu uchrashuv AQShning Mayami shahridagi «Xard Rok» stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa klubi — «Bavariya» 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida «Flamengo» yarim himoyachisi Erik Pulgar burchak to‘pidan so‘ng o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 10-daqiqada «Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn myunxenliklar ustunligini ikki barobar oshirdi.

33-daqiqada braziliyalik Jerson hisobni qisqartirdi. 41-daqiqada «Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goreska jarima maydonchasidan tashqaridagi zarbasi bilan jamoasining uchinchi golini urdi.

54-daqiqada «Flamengo» yarim himoyachisi Jorjinyo penaltini aniq amalga oshirib, darvozabon Manuel Noyerni dog‘da qoldirdi. 73-daqiqada esa Keyn dublini rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, «Bavariya» chorak finalga yo‘l oldi va u yerda 1/8 finalda «Inter Mayami»ni 4:0 hisobida mag‘lub etgan «Pari Sen-Jermen»ga qarshi maydonga tushadi. Bir kun avval esa birinchi chorak final juftligi sifatida «Palmeyras» (Braziliya) va «Chelsi» (Angliya) jamoalari aniqlangan edi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati AQShda 13 iyul kuni o‘z nihoyasiga yetadi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, 1/8 final
«Flamengo» (Rio-de-Janeyro, Braziliya) — «Bavariya» (Myunxen, Germaniya) - 2:4 (0:2)
Gollar:
0:1 — Pulgar (avtogol), 6-daqiqa
0:2 — Keyn, 10-daqiqa
1:2 — Jerson, 33-daqiqa
1:3 — Goreska, 41-daqiqa
2:3 — Jorjinyo (penalti), 54-daqiqa
2:4 — Keyn, 73-daqiqa

Kiritildi: 07:01 30.06.2025. O'qildi: 559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!