KJChdagi xizmat itlari futbol jamoatchiligi noliyotgan issiq tufayli krokslarda yuribdi.
Musobaqa o‘tkazilayotgan AQShning ko‘plab shaharlarida havo juda issiq – harorat 38 darajagacha ko‘tarilmoqda. Bunday ob-havo asfalt yoki sun’iy maysazorda turgan hayvonlar oyoqlari uchun xavfli bo‘lishi mumkin – ularda kuyishlar paydo bo‘ladi.
O‘yinlar paytida stadionlar atrofida polisiya xodimlariga ko‘maklashadigan xizmat itlari bo‘lishi zarurligi sababli, kinologlar yechim topdi: itlarga havo aylanishi uchun teshiklari bo‘lgan maxsus poyabzal – krokslar berildi.