Bugun 29 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Xitoy nega ommaviy ravishda generallarni ishdan bo‘shatmoqda?

Xitoy nega ommaviy ravishda generallarni ishdan bo‘shatmoqda?

Si Szinpin Maodan beri kuzatilmagan miqyosda harbiy rahbarlarni lavozimdan ozod qilmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin oxirgi o‘n yilliklardagi eng yirik harbiy «tozalash»ni boshladi. U o‘zi tayinlagan yuqori lavozimdagi generallarni ketma-ket ishdan olish orqali Xitoy armiyasi ustidan mutlaq nazoratni tiklashga harakat qilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu kampaniya ko‘lami bo‘yicha besaboq — bunga o‘xshash ommaviy ishdan bo‘shatishlar so‘nggi marta Mao Szedun davrida kuzatilgan.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Si Szinpin shaxsan tayinlagan generallarning taxminan 20 foizi ishdan olingan. Bu Xitoy uchun misli ko‘rilmagan holatdir. Chistka 2023 yili boshlangan — o‘shanda Si kutilmaganda Xitoy yadroviy arsenali uchun javob beradigan Raketa qo‘shinlari qo‘mondoni Li Yuychaoni lavozimdan ozod qilgan.

Keyinchalik davlat OAV uning ishdan bo‘shatilishini korrupsiyaga qarshi tekshiruv bilan bog‘ladi. Bu voqea Xitoy Qurolli Kuchlari oliy boshqaruv organi — Si rahbarlik qiladigan Markaziy harbiy kengash (SVS)dagi jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.

2023 yili Si Szinpin shuningdek, mudofaa vaziri Li Shanfuni ham ishdan oldi, uni harbiy xaridlar bilan bog‘liq moliyaviy qoidabuzarliklarda aybladi. Shuningdek, uning avvalgi vaziri Vey Fenxe ham lavozimidan ozod etildi.

Ushbu tahlillar Xitoyning raketa dasturi, qurol yetkazib berish tizimi, mudofaa sanoatidagi sheriklar va hatto Sining yaqin atrofidagi shaxslargacha yetib borgan tekshiruvlar olib borilayotganini ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, Si Szinpin armiyadagi korrupsiyani bahona qilib, real tahdid sifatida ko‘rayotgan shaxslardan qutilish va shaxsiy nazoratini mustahkamlashga urinayotgandek ko‘rinmoqda.

Kiritildi: 09:13 28.08.2025. O'qildi: 863 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!