Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Kir Starmerning uyida yong‘in chiqdi

Kir Starmerning uyida yong‘in chiqdi

London polisiyasi Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning uyida yuz bergan yong‘in bo‘yicha tergov boshladi, deb xabar beradi The Times.

Qayd etilishicha, qiymati 2 million funt turadigan uyda yong‘in bugun, 12 may kuni chiqqan. «Soat 01:35 da polisiya London shimolidagi uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabardor qilindi. Polisiyachilar voqea joyiga yetib keldi. Yong‘in uyning eshiklariga zarar yetkazgan. Jabrlanganlar yo‘q», — deya Skotlend-Yard bayonotidan iqtibos keltiradi gazeta.

Bayonotda ta’kidlanishicha, holat yuzasidan tergov davom etmoqda, voqea joyi o‘rab olingan. Polisiya yong‘inning kelib chiqish sababini e’lon qilmagan.

Kir Starmer bosh vazir lavozimiga kirishgach, turmush o‘rtog‘i bilan Britaniya hukumati rahbarining Dauning-stritdagi rasmiy qarorgohiga ko‘chib o‘tgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh vazirning shaxsiy uyi ijaraga berilgan.

Kiritildi: 23:20 12.05.2025. O'qildi: 382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!