Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Kinokarvon Qoraqalpog‘istonda davom etmoqda

A A A
Kinokarvon Qoraqalpog‘istonda davom etmoqda

Mustiqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilish rejalashtirilgan «Kinokarvon» safari Qoraqalpog‘istonning Nukus shahriga yetib keldi. 5 sentyabr kuni shahardagi shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida kinokarvon aksiyasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Anvar Azimov, Zuhriddin Rejametov, Fotima Rejametova, Dilshodbek Kattabekov, Anjelika Esimbetova kabi taniqli kinoijodkorlar aholi vakillari bilan ko‘rishib, ijodiy uchrashuvlar tashkil etdi. Shuningdek, Zulfiqor Musoqovning «Osmondagi bolalar 3» filmi namoyish etildi.

Kinooylik 15 sentyabrga qadar davom etadi.

Kiritildi: 16:04 05.09.2023. O'qildi: 1505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!