Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Kino va teatr aktrisasi Dilbar Abdulazizova 68 yoshida vafot etdi

Kino va teatr aktrisasi Dilbar Abdulazizova 68 yoshida vafot etdi

15 mart kuni O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Dilbar Abdulazizova 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda Daryo ning ishonchli manbasi xabar bermoqda.

Dilbar Abdulazizova 1951 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olgan. Bahor qaytmaydi video filmidagi Muqaddamning dugonasi Lobar roli bilan xalq e’tiboriga tushgan. 1973 yildan buyon O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida ijod qilgan aktrisa Qizil qalpoqcha , Sehrli soatcha , Ming bir kecha , Meshpolvon , Qor malikasi singari yuzdan ziyod sahna asarlarida turli xarakterdagi qahramonlarni ijro etgan.

2000 yil O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, 2013 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan. Oilali, bir o‘g‘il va bir qizning onasi edi.

Tahririyatimiz va yurtdoshlarimiz nomidan marhumaning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Kiritildi: 05:02 16.03.2019. O'qildi: 4574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!