Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

“Kino san’ati” jurnalining ilk soni chop etildi

“Kino san’ati” jurnalining ilk soni chop etildi

O‘zbekkino Milliy agentligi muassisligidagi Kino san’ati jurnalining 1-soni nashr etildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yoshlar press-klubi da jurnalning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga taniqli kinorejissyorlar, ustoz san’atkorlar, xalqaro ekspertlar, OAV vakillari hamda talabalar ishtirok etdi.

Taqdimot marosimida ta’kidlaganidek, Kino san’ati jurnalining nashr etilishi soha mutaxassislari, talaba va murabbiylar, olimlar, kino ixlosmandlari uchun erkin ijod minbari, ilmiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Jurnal ilk nishona sonidanoq o‘quvchilar e’tiborini qozondi. U Nostalgie , Yo‘l boshida , Ustun , Ochig‘ini aytganda singari o‘nlab qiziqarli ruknlardan hamda badiiy-publisistik maqolalardan iborat. Uning dizayni va maqolalar mazmuni kino olami bilan hamohang.

68 sahifadan iborat mazkur jurnal yilda 4 marta chop etiladi. Jurnalning 1-soni 3 ming nusxada bosilgan.

Manba: xs. uz

Kiritildi: 19:40 21.04.2019. O'qildi: 1240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!