Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Kimlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi?

A A A
Kimlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi?

Prezidentning Farmoni (27.05.2024 yildagi PF-82-son) bilan 2022 yil 18 iyuldagi PQ-323-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz ta’lim krediti beriladi.

Kredit kimlarga beriladi?

➖ O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);

➖ o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi ta’lim shakliga beriladi?

➖ Kunduzgi;

➖ Sirtqi;

➖ Kechki.

Masofaviy ta’limga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

➖ To‘g‘ri, ta’lim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar to‘lamaydi, davlat to‘lab beradi.

To‘lash qachondan boshlanadi?

Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi.

Qanday hujjatlar kerak?

➖ bankka ariza;

➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

➖ ta’lim muassasasi bilan to‘lov-kontrakt shartnomasi;

➖ talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Kiritildi: 09:45 07.06.2024. O'qildi: 1576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!