Shu yilning 1 dekabridan bazaviy hisoblash miqdori 340 ming so‘mni tashkil etdi. Xo‘sh, endi kim qancha ijtimoiy soliq to‘laydi?
Soliq qo‘mitasi axborot xizmati bu haqda ma’lumot berdi. Ta’kidlanishicha, bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarishi munosabati bilan 2023 yil 1 dekabrdan keyingi davrlar uchun ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) – oyiga 340 000 so‘m;
- savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 170 000 so‘m;
- boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 340 000 so‘m;
- oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
- YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 340 000 so‘m;
- oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – oyiga 170 000 so‘m;
- o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ixtiyoriy asosda 1 dekabrga qadar – yiliga 340 000 so‘m;
Soliq kodeksi 408-modda.