Kim Chen In Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan KXDR askarlari sharafiga o‘rnatiladigan haykallarning yaratilishiga shaxsan rahbarlik qilmoqda — OAV.
Shimoliy Koreya yetakchisi haykal Koreya armiyasining jangovar shijoati va hujumkor ruhini, Rossiya-KXDR do‘stligini hamda vatanga bo‘lgan chuqur muhabbatini "yanada jonliroq" aks ettirishi zarurligini ta’kidlagan.
Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyaga qariyb 15 ming askarini yuborgan, ulardan taxminan 6 ming nafari janglarda halok bo‘lgan.