Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Kim Chen In Rossiyaga nisbatan tajovuz bo‘lsa, G‘arb davlatlari bilan urush boshlashi mumkinligini aytdi — Koreya Markaziy axborot agentligi

Kim Chen In Rossiyaga nisbatan tajovuz bo‘lsa, G‘arb davlatlari bilan urush boshlashi mumkinligini aytdi — Koreya Markaziy axborot agentligi

Shimoliy Koreya rahbarining ma’lum qilishicha, agar G‘arb Rossiyaga hujum qilsa, o‘z armiyasiga bu hujumni qaytarishda yordam berishni buyuradi.

"Agar AQSh va uning G‘arbdagi tarafdori bo‘lmish yadro davlatlari qardosh mamlakatimiz Rossiya Federasiyasi hududiga harbiy bostirib kirish haqidagi xavfli g‘oyasidan voz kechmasa va hujumni boshlasa, men mamnuniyat bilan va hech ikkilanmasdan dushmanning bosqinini qaytarish uchun harbiy kuch ishlatishni buyuraman. Bu KXDR uchun “birodarlar va o‘rtoqlar sifatida” bajarishi lozim bo‘lgan “muqaddas missiya” hisoblanadi", — deya Kim Chen Inning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Koreya Markaziy telegraf agentligi.

Kiritildi: 12:15 11.05.2025. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!