Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Kim Chen In KXDR-Janubiy Koreya chegarasidagi qo‘shinlarini kuchaytirishni buyurdi

Kim Chen In KXDR-Janubiy Koreya chegarasidagi qo‘shinlarini kuchaytirishni buyurdi

Bu haqda Reuters xabar berdi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya bilan chegaradagi oldingi saf bo‘linmalarini, shuningdek, boshqa yirik harbiy qismlarni mustahkamlaahni buyurdi, deya xabar bermoqda agentlik manbalariga tayanib.

Kim Chen Inning ta’kidlashicha, mazkur reja “urushning oldini yanada puxta olishda” muhim hisoblanadi. Uning bu bayonoti armiyadagi diviziya va brigada komandirlarining yig‘ilishida yangragan. Kim Chen In zamonaviy urush olib borish usullaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, armiyaning o‘quv tizimini qayta ko‘rib chiqish va amaliy mashg‘ulotlarni kengaytirishga chaqirgan.

Shuningdek, u Pxenyan tomonidan “ashaddiy dushman” deb hisoblanadigan Seulga nisbatan ogohlikni oshirish zarurligini ta’kidlagan.

Janubiy Koreya Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga ko‘ra, KXDR qo‘shinlari mart oyidan buyon quruqlikdagi chegara yaqinidagi hududlarda istehkomlar qurish, jumladan, mudofaa devorlarini tiklash ishlarini jadallashtirgan.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!