Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Kim Chen In Kursk viloyatini minalardan tozalash operasiyasidan KXDRga qaytgan shimoliy koreyalik sapyorlarni tantanali kutib oldi

Kim Chen In Kursk viloyatini minalardan tozalash operasiyasidan KXDRga qaytgan shimoliy koreyalik sapyorlarni tantanali kutib oldi

Juma kuni “xorijdagi operasiya zonasi”da “harbiy topshiriq”ni bajargan muhandis-sapyorlar bo‘linmasi KXDRga qaytdi, deya xabar berdi Koreya Markaziy telegraf agentligi.

Pxenyanda harbiylarni mamlakat yetakchisi Kim Chen In shazsan kutib oldi. U nutqida sapyorlar Rossiyaning Kursk viloyatida faoliyat olib borganini aytdi.

"Harbiylarimiz mo‘zija ko‘rsatdi. Ular eng qisqa muddatda, 3 oydan kam vaqt ichida, hatto bir necha yil davomida ham zararsizlantirish qiyin bo‘lgan keng hududni xavfsiz makonga aylantirdi", — dedi Kim Chen In.

Shimoliy Koreya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, muhandis-sapyorlar bo‘linmasi Rossiyada 120 kun faoliyat yuritgan, ulardan to‘qqiz nafari halok bo‘lgan.

Odatda KXDR rasmiylari Shimoliy Koreya harbiylarining Rossiyani Ukrainaga qarshi urushida ishtiroki haqida bevosita gapirmaydi, bunda “xorijdagi operasiya” degan umumiy iboralar bilan cheklanadi. KXDR shu yil aprel oyida ilk bor Rossiya tomonida jang qilish uchun harbiylarini yuborganini tasdiqlagandi.

Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, Pxenyan Rossiyaga qariyb 15 ming aakarini yuborgan, ularda taxminan 6 ming nafari halok bo‘lgan.

Kiritildi: 15:54 13.12.2025. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!