KXDR rahbari Kim Chen In urushga to‘liq tayyorgarlikni ta’minlash zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi (KSNA) xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u 14-15 noyabr kunlari Pxenyanda bo‘lib o‘tgan Koreya xalq armiyasi (KNA) batalyonlari komandirlari va siyosiy otryadlarining 4-slyotida ishtirok etgan.
Kim Chen In "dushman kuchlarining, shu jumladan AQSh va qo‘g‘irchoq Koreya Respublikasining respublikaga qarshi harbiy qarama-qarshilik telbaligi tahdidli xususiyatga ega"ligini ta’kidladi.