"Real" hujumchisi Kilian Mbappe diskvalifikasiya qilindi. Marca xabariga ko‘ra, Ispaniya qirolligi futbol federasiyasining intizom qo‘mitasi diskvalifikasiyaning eng kam muddatini tanladi - bir o‘yinga.
Qayd etilishicha, "Alaves" - "Real" uchrashuvi hakami bayonnomada Mbappe qo‘pol qoida buzganini ko‘rsatgan. Bunday formulirovkani hisobga olganda, fransuz bir o‘yindan uch o‘yingacha diskvalifikasiya qilinishi mumkin edi. Jazo minimal darajada bo‘ldi.
Diskvalifikasiya tufayli Kilian Mbappe La Liganing navbatdagi turida "Atletik"ka qarshi o‘yinda "Real"ga yordam bera olmaydi. O‘yin 20 aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.