Rossiya hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi
Kiyev meri Vitaliy Klichko Rossiyaning Ukraina poytaxtiga hujumi qurbonlari xotirasiga motam e’lon qildi. Hujum oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 46 nafar kiyevlik jabrlandi, ular orasida uch nafar bola ham bor.
Poytaxtning Podolsk va Darniskiy tumanlaridagi shikastlangan uylarda qutqaruv operasiyasi davom etmoqda – vayronalar ostida odamlar qidirilmoqda. Eng katta vayrongarchiliklar aynan shu tumanlarda qayd etilgan.
Mamlakat Qurolli kuchlari xabariga ko‘ra, Ukrainaga 68 ta raketa va 351 ta dron bilan hujum qilingan, asosiy nishon Kiyev bo‘lgan. Hujum 12 soat davom etgan. To‘rtta tumanda 15 ta turar-joy binosi shikastlangan yoki vayron bo‘lgan.