Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Kiyev va Moskva halok bo‘lgan askarlar jasadlarini almashdi

Kiyev va Moskva halok bo‘lgan askarlar jasadlarini almashdi

Ukraina 757 nafar o‘z harbiylarining jasadini qaytardi va Rossiyaga 45 nafar halok bo‘lganlar tanasini topshirdi, deya habar berdi 14 fevral kuni Ukraina Harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha koordinatsion shtabi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, almashinuv jarayonida ko‘rsatilgan sonlardagi farq Rossiya qo‘shinlarining faol hujumi paytida halok bo‘lgan rossiyalik harbiylarning bosib olingan hududlarda qolib ketganligi bilan bog‘liq.

Bundan oldingi almashinuv 24 yanvarda amalga oshirilgan edi. Keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri RF va Ukraina muntazam ravishda halok bo‘lgan harbiylarni almashib kelmoqda. Bu almashinuvlarda Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi vositachilik vazifasini bajarib kelayapti.

Kiritildi: 00:50 15.02.2025. O'qildi: 1341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!