Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Kiyev tinchlik muzokaralariga tayyor, Rossiya esa faqat gapirishni to‘xtatib, harakat qilishni boshlashi kerak – Ukraina Tashqi ishlar vaziri

Kiyev tinchlik muzokaralariga tayyor, Rossiya esa faqat gapirishni to‘xtatib, harakat qilishni boshlashi kerak – Ukraina Tashqi ishlar vaziri

"Ukraina har qanday formatdagi tinchlik muzokaralariga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi, biz Rossiya shunchaki populizm yoki 9 may paradi uchun qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatish targ‘ibotiga emas, balki tinchlikka erishishning qiyin yo‘liga haqiqatan ham tayyorligini ko‘rishimiz zarur.

Rossiya kamida 30 kunga haqiqiy o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lib, tinchlik muzokaralariga chinakam tayyorligini ko‘rsatishi mumkin. Agar Rossiya 60 yoki 90 kunlik otashkesimga tayyor bo‘lsa, biz bunga ham tayyormiz.

Rossiya tinchlikka tayyorligi haqida gapirishni bas qilishi va haqiqiy hamda barqaror o‘t ochishni to‘xtatishga so‘zsiz rozi bo‘lib, amaliy harakatlarni boshlashi lozim. Otishmalar ovozi tinganida, tinchlikka olib keladigan istalgan formatda muzokaralar boshlanishi mumkin", — deb yozdi Andrey Sibiga X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Kiritildi: 21:03 30.04.2025. O'qildi: 733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!