Vitaliy Klichko Politico nashriga bergan intervyusida hozir Ukrainadan “rekord darajada ko‘p” erkaklar Yevropaga qochayotganini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina qurolli kuchlari o‘rtasidagi askarlar sonidagi farq tobora kattalashib bormoqda.
"Hozir Ukrainada safarbarlik faqat 25 yoshdan boshlanadi. Lekin bu yoshni 23 yoki hatto 22 yoshgacha tushirish mumkin edi", — degan Klichko.