Prezidentning PF–175-son farmoniga muvofiq, kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini har qanday tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy joriy etiladi.
Bundan jinoyat ishi doirasidagi, inson sog‘lig‘i, mehnat qonunchiligi, fuqarolar murojaatlari, QQSni qaytarish hamda tadbirkorlik sub’ektini tugatish bilan bog‘liq tekshiruvlar mustasno.
Moratoriy davrida noqonuniy tekshiruv o‘tkazish huquqbuzarlik hisoblanadi va aybdorlar javobgarlikka tortiladi.
Shuningdek, Biznes-ombudsman nazorat organlarining so‘nggi 3 yillik tekshiruvlarini o‘rganib, aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha chora ko‘radi va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklashga yordam beradi.