Tramp o‘zini AQSh prezidentlari reytingida birinchi o‘ringa qo‘ydi.
U Truth Social'dagi sahifasida e’lon qilgan reytingida o‘zini “eng buyuk” prezident sifatida ko‘rsatgan.
“Buyuk” prezidentlar qatoridan Avraam Linkoln, Jorj Vashington, Franklin Ruzvelt, Vudro Vilson, Tomas Jefferson va Endryu Jeksonlar ham joy olgan.
Bayden va Obama esa Uorren Harding, Jimmi Karter va Uliss Grant bilan birga “omadsiz” prezidentlar qatoriga kiritilgan.