Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Ontario — Ontario bo‘lib qoladi

Ontario — Ontario bo‘lib qoladi
Kanada bosh vaziri ikki davlat chegarasida joylashgan Ontario ko‘li o‘z nomini saqlab qolishini ma’lum qildi. Kanada bosh vaziri Mark Karnining ta’kidlashicha, "Ontario" nomi 400 yildan ortiq vaqtdan beri mavjud. U Kanada konfederasiyasi tashkil topishi va AQSh Mustaqillik deklarasiyasi qabul qilinishidan ancha oldin paydo bo‘lgan. "Kanadaliklar bu ko‘lning nomi Ontario ekanini yaxshi biladi. U shunday bo‘lgan, hozir ham shunday va doimo Ontario bo‘lib qoladi", — dedi Karni. Avvalroq, Tramp Ontario ko‘li nomini "Amerika ko‘li"ga o‘zgartirish to‘g‘risida farmon imzolagani xabar qilingandi. Shuningdek, u Atlantika yoki Tinch okeani nomini o‘zgartirishni taklif qildi.
Kiritildi: 15:02 28.08.2026. O'qildi: 741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!