“Ot izini toy bosar”, degan naql bejiz aytilmagan. Bugun futbolchilarning o‘g‘illari ham otalari kabi futbolga qiziqishayotgani hech kimga sir emas.
Ronalduning o‘g‘li allaqachon futbol bilan tanishib ulgurdi. Ayni damda “Yuventus” akademiyasida o‘ynayotgan kichik Ronaldu gollar urishni boshlab yuborgan.
O‘z o‘rnida kelajakda yana bir Ronaldu-Messi qarama-qarshiligini ko‘ramiz, shekilli. Chunki Tyago Messida ham otasining iqtidori bo‘y ko‘rsata boshladi. Istaymizmi, yo‘qmi, solishtirish bo‘lishi tabiiy: kichik Ronaldu iqtidorlimi yoki kichik Messi?