Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Kichik Donald prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi

Kichik Donald prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi

Donald Trampning o‘g‘li 2028 yilgi prezidentlik saylovida nomzod bo‘lishi mumkin.

AQSh prezidenti Donald Trampning to‘ng‘ich o‘g‘li — kichik Donald Tramp 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida Respublika partiyasi nomidan ishtirok etishi mumkin. Bu haqda AQShning nufuzli The Hill nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, kichik Tramp yaqinda bergan intervyusida otasi Oq uydan ketgach, o‘zi saylovlarda qatnashishni istisno qilmasligini bildirgan. Bu bayonot uni ehtimoliy nomzodlar safida ko‘rsatmoqda.

Respublikachilar partiyasida kuchli raqobat kutilmoqda. Kichik Trampning siyosiy sahnaga kirib kelishi ushbu poygaga alohida e’tibor qaratilishiga sabab bo‘lmoqda.

Kiritildi: 11:04 27.05.2025. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!