Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Kiberxavfsizlik markazi ogohlantirish bilan chiqdi

Kiberxavfsizlik markazi ogohlantirish bilan chiqdi

Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik markazi ogohlantirish bilan chiqdi.

Xabarda “Moliyaviy yordam” mazmunidagi feyk xabarlarga ishonib qolmaslik so‘ralgan.

“Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i orqali “Moliyaviy yordam” nomi bilan tarqatilayotgan “O‘zbekiston aholisiga Prezident va hukumat tomonidan moliyaviy yordam, hamda voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi xududida yashovchi har bir fuqaroga bir martalik to‘lovni amalga oshirish” mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo ularga ishonmang. Ushbu xabarlar yolg‘on”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, firibgarlar bu orqali ijtimoiy tarmoqlarda havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqda.

Kiritildi: 11:53 19.03.2023. O'qildi: 2137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!