Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

KIA SPORTAGE to‘lanmagan kredit va boshqa qarzlar evaziga xatlandi

KIA SPORTAGE to‘lanmagan kredit va boshqa qarzlar evaziga xatlandi

Bank kreditlari ko‘pchilik hollarda garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki xatlash to‘g‘risida ijro varaqa chiqariladi.

Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining «Aloqabank» AT foydasiga A.A.ning kredit qarzi undiruvini garov mulki hisoblangan «KIA SPORTAGE» rusumli avtomashinasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning Zomin tuman bo‘limiga kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ijro ishi qo‘zg‘atilib, taraflarga nusxalari yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli avtotransport vositasi hatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Shuningdek, fuqaro A.A. ning 6 ta ijro hujjati bo‘yicha 20 mln. so‘mdan ortiq boshqa turdagi qarzdorliklari ham aniqlangan.

Kiritildi: 22:35 24.09.2024. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!