Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

KFC Turkiyadagi barcha faoliyatini to‘xtatdimi?

KFC Turkiyadagi barcha faoliyatini to‘xtatdimi?

Amerikaning mashhur tez taomlar tarmog‘i KFC Turkiyadagi 537 ta restoranini yopdi. Bu qaror KFC va Pizza Hut'ning Turkiyadagi franchayzing huquqiga ega bo‘lgan İş Gıda A.Ş. kompaniyasining bankrot bo‘lgani ortidan qabul qilindi.

Yopilgan nuqtalar orasida 283 ta KFC va 254 ta Pizza Hut joylari bor. Ushbu holat tufayli taxminan 7000 nafar xodim ishsiz qolgan.

İş Gıda umumiy hisobda 7,7 milliard turk lirasi (taxminan 214 million AQSh dollari) miqdoridagi qarz bilan bankrotlikka murojaat qilgan.

Mutaxassislarning fikricha, bu inqirozning asosiy sababi — G‘azo mojarosi ortidan boshlangan boykot kampaniyalari tufayli savdo hajmining keskin pasayishidir.

Eslatib o‘tamiz, KFC Turkiyada ilk bor 1989 yilda faoliyat boshlagan edi.

Kiritildi: 22:45 13.04.2025. O'qildi: 1042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!