Xarri Keyn "Bavariya" safida Chempionlar Ligasidagi 20 va 21-gollarini kiritdi.
Myunxen klubi hujumchisi musobaqa umumiy bosqichining 1-turida "Chelsi"ga qarshi o‘yinda (3:1) dubl qayd etdi.
Keyn Chempionlar ligasi tarixida ikki klub safida 20 yoki undan ortiq gol urgan uchinchi futbolchi bo‘ldi - "Tottenxem" tarkibida ham u 21 marta gol urgan.
Bungacha Krishtianu Ronaldu ("Real"da 105 gol, "Manchester Yunayted"da 21 gol) va Neymar ("Barselona"da 21, "PSJ"da 22 gol) bunga erishgandi.