Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn 2025/2026 yilgi mavsumdan so‘ng Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, angliyalik futbolchining «Bavariya» bilan tuzgan transfer shartnomasida har yili narxi pasayib borayotgan sotib olish varianti mavjud. Kelishuv yakunlanishiga bir yil qolganida myunxenliklar Keynni sotishi mumkin.
Keynni sotib olish bo‘yicha ustuvor huquq «Tottenxem»da saqlanib qoladi. Biroq «taqachilar» uchun belgilangan aniq summa ko‘rsatilmagan.
Shu bois, London klubi umumiy shartlar asosida harakat qilishi yoki nemislar bilan alohida muzokaralar olib borishi kerak bo‘ladi.
Qayd etilishicha, agar Harri jamoani tark etsa, uni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar «Manchester Yunayted» bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Keyn o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 41 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.