Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Keyingi yil O‘zbekiston nufuzli chempionatga mezbonlik qilishi mumkin

Keyingi yil O‘zbekiston nufuzli chempionatga mezbonlik qilishi mumkin

2024 yilda 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida muz ustida xokkey bo‘yicha navbatdagi Osiyo va Okeaniya chemponatini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif qilindi

Kecha Toshkentda Xalqaro xokkey Federasiyasi (IIHF) vise-Prezidenti Ayvaz Omorkanov va O‘zbekiston xokkey Federasiyasi Prezidenti Baxtiyor Fazilov uchrashuvida hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) tomonidan IIHF bilan hamkorlikda tashkil etilgan xokkey bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlar masalasi muhokama qilindi. Ma’lumot uchun, o‘quv-mashg‘ulotda 30 dan ortiq Osiyo mamlakatlaridan 100 dan ortiq yosh xokkeychi ishtirok etadi.

Uchrashuv davomida Ayvaz Omorkanov ushbu tadbirni tashkil etish darajasini, O‘zbekiston xokkey Federasiyasi tomonidan xokkeyni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni, shuningdek, Humo arenasidagi zamonaviy xokkey infratuzilmasini ham yuqori baholadi.

Kiritildi: 18:27 08.08.2023. O'qildi: 1982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!